Raqamli axborot xizmati
Oʻzbekistonda oxirgi yillarda kutubxona va arxiv muassasalarining faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanib, yangi darajaga koʻtarish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Hukumat tomonidan belgilangan maqsadlarni zabt etishning asosiy omillaridan biri – yosh mutaxassislarni sifatli tayyorlash hisoblanadi. Xususan, talabalarga kutubxonalarda raqamli axborotlarni saqlash va qayta ishlashga oid bilimlarni berish talab etiladi. Ushbu oʻquv qoʻllanma “Raqamli axborot xizmati” fani doirasida yaratilgan boʻlib, uning maqsadi talabalarga raqamli axborotlar turlari, xususiyatlari va ularni qayta ishlash, multimedia mahsulotlari, elektron nashrlar yaratish, raqamli axborotni avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlaridan va Internetdan qidirish va foydalanuvchilarga taqdim etish, kutubxonalarda xizmat koʻrsatish jarayonida resurslarga boʻlgan mualliflik huquqlariga rioya qilish kabi qimmatli bilimlarini berish hisoblanadi. Mazkur qoʻllanma Oliy taʼlimning “Kutubxona-axborot faoliyati” yoʻnalishi talabalari, magistrantlari va pedagoglar uchun moʻljallangan.