Jahon axborot resurslari
Darslik jahoning yetakchi nashriyotlari va ular tomonidan chop etilayotgan ilmiy-ta’limiy resurslarning axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llanilishi, jumladan, elektron ilmiy-ta’limiy resurslar haqidagi ma’lumotlar, ulardan foydalanishning texnologik va tashkiliy jihatlaridan tortib, to‘plash, tarqatishning huquqiy masalalari, ularning qidiruv tizimlari borasidagi qimmatli ma’lumotlarni mujassamlashtiradi. Mazkur darslik 5A350601-«Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shu bilan bir qatorda darslikdan elektron kutubxona va arxivlar, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi barcha soha xodimlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar ham o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin.